Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi vaksinalarning narxlari solishtirilganda (infografika)

Koronavirusga qarshi vaksinalarning narxlari solishtirilganda (infografika)

Infografika: «Statista»

Koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar sinovlardan o‘tib, birin-ketin patentlanmoqda. «Statista» olti xil vaksinaning narxlari (bitta dozasi uchun) solishtirilgan infografikani taqdim etdi.

Kasallik bitta, narxlar esa karrasiga farq qiladi — infografikadan chiqariladigan birinchi xulosa shu. Vaksinalarning qanchalik samarali ekani esa vaqt hukmida.

Demak, koronavirusdan himoyalanish uchun eng qimmat dorini AQShning «Moderna» kompaniyasi taqdim etyapti: mRNA-1273 vaksinasining bitta dozasini olish — 37 dollar.

Qimmatlik borasida ikkinchi o‘rinda Xitoyning «Sinovac» kompaniyasi ishlab chiqqan vaksina — CoronaVac (30 dollar).

Germaniya va AQSh hamkorlikda («Pfizer»/«BioNTech») tayyorlagan BNT162b2 vaksinasi — 20 dollar.

Sputnik V (Rossiya) hamda JNJ-78436735 («Johnson & Johnson») vaksinalari 10 dollardan taklif etilyapti, vaksinalarning eng arzoni hozircha ChAdOx1 nCoV-2019 (Oksford universiteti/«AstraZeneca» kompaniyasi) — 4 dollar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring