Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? Kluni, Beyonse, Bezos, Mask, ... (infografika)

Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? Kluni, Beyonse, Bezos, Mask, ... (infografika)

Foto: «Buro 24/7.ua»

Birovning pulini sanash yaxshi emas, biroq «Business Insider» portali shunga jazm etib, taniqli shou-biznes vakillaridan tortib biznesmenlargacha qancha pul topishini erinmay hisoblab chiqdi. Buning uchun «Forbes» ro‘yxatidan foydalanildi: mashhurlarning oxirgi bir yildagi (2017-2018-yillar) daromadlari 365 kunda necha soat bo‘lsa, shunga bo‘lib chiqildi.


Aktyorlar, qo‘shiqchilar, sportchilar

Shou-biznes vakillari ro‘yxatini soatiga 27 283 dollar ishlagan aktyor va rejissyor Jorj Kluni boshqarmoqda. Kluni «Forbes»ning «Eng boy aktyorlar» ro‘yxatida ham yetakchi bo‘lganini yaqinda xabar qilgandik. Uning 2017-2018-yillardagi jami daromadi  239 mln. dollar, deb yozmoqda «Business Insider».

Ko‘p pul ishlash bobida 21 yoshli Kayli Jenner ikkinchi o‘rinda — soatiga 19 006 dollar.

Uchinchi o‘rinda — Dueyn Jonson (bir soatda — 14 155 dollar).

Qolganlar quyidagi ro‘yxatda:


Biznes

Biznesmenlar ro‘yxatini esa faoliyatini kitob sotishdan boshlagan «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezos boshqaryapti (mana sizga kitobning foydasi!). Bezos bir soatda 4 474 885 dollar pul ishlab topadi.

Bezos 2013-yili «The Washington Post» nashrini 250 million dollarga sotib olgandi. «Vashington post» qanchalik nufuzga egaligini tushuntirish ortiqcha, ammo Bezos shu ulkan mediasaltanatni qo‘lga kiritish uchun yetgulik pulni 55 soatda ishlab topadi...

Soatiga 1 712 328 dollar ishlab topuvchi Mark Sukerberg («Facebook» asoschisi) ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Boshqalar ham asosan axborot texnologiyalari kompaniyalarining asoschilari va rahbarlari:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring