Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonni qo‘rqitish halol emas! (infografika)

Musulmonni qo‘rqitish halol emas! (infografika)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ushbu nomdagi zamonaviy metodlarni o‘z ichiga olgan infografika tayyorlandi.

Idora axborot xizmati ma’lum qilishicha, infografikada pirotexnika vositalarining moddiy va ma’naviy zararlari, uning salomatlikka salbiy ta’siri, Islom dinida insonni qo‘rqitish, ziyon yetkazish qattiq qoralanishi, shunday buyumlarni qonunga xilof tarzda ishlab chiqarish, sotish va tarqatish hamda ulardan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishiga oid ma’lumotlar ifoda qilingan.

Shuningdek, tarbiya ishiga mutasaddi bo‘lganlar va ota-onalarga muhim tavsiyalar bayon etilgan.

Mobil qurilmalar orqali ham foydalanish uchun infografikaning PDF shakli, mavzuga oid videoroliklar va mazkur faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilangan tegishli kodekslar moddalarining QR kodlari berilgan.

Sizlardan ushbu infografikani keng tarqatish orqali noxush voqea-hodisalarning oldini olishga chaqiramiz, deyiladi O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabarida.

Telegram orqali PDF

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring