Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omikron» shtammi 57 mamlakatga kirib bordi (infografika)

«Omikron» shtammi 57 mamlakatga kirib bordi (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining global epidemiologik vaziyat bo‘yicha haftalik axborotnomasiga ko‘ra, yangi «omikron» shtammi dunyoning 57 mamlakatida aniqlangan.

«Ayni vaqtda JSSTning barcha hududlarida 57 ta davlatda «omikron» bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Hozirgacha aniqlangan holatlarning aksariyati sayyohlar bilan bog‘liq, biroq bu o‘zgarishi mumkin», – deyiladi hujjatda.

JSST qayd etishicha, so‘nggi ikki oyda qayd etilgan barcha kovid holatlarining 99,8 foizi hali ham «delta» variantida namoyon bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring