Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tuzalish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda tuzalish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda

Foto: SSV matbuot kotibi

18-avgust kuni mamlakatimizda 591 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

SSV matbuot kotibi kunlik infografikani taqdim etdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 643 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring