Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat (infografika)

Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat (infografika)

Foto: TASS

Rossiyaliklar qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan buyon Rossiyani tark etishda davom etishmoqda. RTVI safarbarlikdan bo‘yin tovlagan rossiyaliklarni chegaradosh qaysi mamlakatlar o‘z hududiga kiritayotgani, qaysi mamlakatlar ularga boshpana berishga tayyorligi yoki hech bo‘lmaganda, ortiga qaytarib yubormasligi haqida infografika tayyorladi.

Germaniya va Irlandiya safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarni qabul qilishga tayyor.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Finlyandiya, Polsha va Chexiya vatanini tark etayotgan rossiyaliklar uchun chegaralarini yopdi.

Qozog‘iston va Gruziyaga rossiyaliklar vizasiz, erkin kirishlari mumkin.

Shu paytgacha, ya’ni safarbarlik e’lon qilingan 21-sentyabrdan beri 233 603 nafar (raqamlar yanada kattaroq bo‘lishi mumkin) rossiyalik o‘z mamlakatidan chiqib ketdi.

Eng ko‘p rosssiyaliklarni Qozog‘iston qabul qildi — 98 000. Gruziyaga 60 mingdan ortiq, Finlyandiyaga 43 ming, Turkiyaga 31 mingdan ziyod rossiyalik qochib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring