2021-yilda eng ko‘p imtiyozli kredit ajratgan viloyatlar va banklar reytingi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021 yilning o‘tgan davri davomida 148 mingdan ortiq loyihaga jami 3,6 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Imtiyozli kredit ajratish oydan-oyga ko‘payib bormoqda. Yanvar oyida 157 mlrd, fevralda 504 mlrd, martda 1241 mlrd, aprelda esa 1677 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Eng ko‘p imtiyozli kredit ajratgan viloyatlar 5 taligi:
- Namangan 433 mlrd. so‘m
- Buxoro 429 mlrd. so‘m
- Surxondaryo 419 mlrd. so‘m
- Xorazm 334 mlrd. so‘m
- Samarqand 284 mlrd. so‘m.
Banklar kesimida quyidagicha:
- Xalq banki 1343 mlrd. so‘m
- Agro bank 1317 mlrd. so‘m
- Mikrokreditbank 918 mlrd. so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter