Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-2028 yillarda davlat qarzi YaIMga nisbatan 35 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinyapti

2025-2028 yillarda davlat qarzi YaIMga nisbatan 35 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinyapti

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-2028 yillar uchun Fiskal strategiyasida kelgusi yillar uchun budjet loyihasini tuzishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan.

Jumladan, davlat qarzini samarali boshqarish yo‘nalishida davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish va valyuta xatarlarini boshqarish hamda 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish orqali davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 50 foizdan oshmasligini ta’minlash nazarda tutiladi.

Qayd etilishicha, davlat qarzi qoldig‘i 2025 yil 1 yanvar holatiga 40,2 mlrd AQSh dollarini (shundan, davlat tashqi qarzi – 33,7 mlrd AQSh doll., davlat ichki qarzi – 6,5 mlrd AQSh doll.) yoki YaIMga nisbatan 35 foizni tashkil etadi.

O‘rta muddatli istiqbol uchun makroiqtisodiy prognozlar, tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga asoslangan ko‘p ssenariyli tahlillarga ko‘ra esa 2025–2028 yillarda davlat qarzi YaIMga nisbatan 35 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Strategiyada keltirilgan ma’lumotlarda aks etishicha, davlat qarzi 2023 yilda (34,9 mlr doll.) YaIMga nisbatan 34 foiz, 2024 yilda (40,2 mlrd doll.) esa 35 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, «Davlat qarzi to‘g‘risida»gi qonunda davlat qarzining eng yuqori miqdori YaIMning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Bunda, davlat qarzining miqdori YaIMga nisbatan 50 foizga yetgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi davlat qarziga belgilangan me’yorlardan oshmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni Parlamentga kiritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring