Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 oyda O‘zbekistonning eksporti hajmi 14,8 mlrd dollarga yetgan

5 oyda O‘zbekistonning eksporti hajmi 14,8 mlrd dollarga yetgan

2025-yil yanvar-may oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 31,3 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 4 093,5 mln AQSh dollariga yoki 15 foizga ko‘paydi.

Statistika agentligi ma’lumotgia ko‘ra, TSAda eksport hajmi 14 816,4 mln AQSh dollariga (2024 yilning yanvar-may oyiga nisbatan 31,1 foizga ko‘p) yetdi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,1 foiz ni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (10,3 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (6,2 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,3 foiz) va mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar (4,0 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2025-yil yanvar-may oyida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya (10,8 foiz), XXR (5,1 foiz), Qozog‘iston (3,5 foiz), Afg‘oniston (3,5 foiz), Turkiya (2,9 foiz), Fransiya (2,7 foiz), BAA (1,5 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,4 foiz), Tojikiston (1,4 foiz), va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 33,8 foiz ni tashkil etdi.

Import hajmi 16 494,0 mln AQSh dollari (3,7 foizga ko‘p) ga yetib, hisobot davrida – 1 677,5 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Ushbu davrga kelib import hajmi 16 494,0 mln AQSh dollarga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,6 foiz), sanoat tovarlari (16,1 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,9 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oyida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,0 mln AQSh dollarga ko‘paydi va 14 797,9 mln AQSh dollarni tashkil etib, xizmatlar importi esa 1 696,1 mln AQSh dollarga yetdi.

2025-yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi 158 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar XXR (28,1 foiz), Rossiya (19,6 foiz), Qozog‘iston (7,7 foiz), Koreya Respublikasi (4,2 foiz), Turkiya (4,1 foiz), Germaniya (3,1 foiz) va Hindiston (2,7 foiz) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi.

Ayni paytda O‘zbekiston jahonning 189 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSA ning nisbatan salmoqli hissasi XXR (17,2 foiz), Rossiya (15,4 foiz), Qozog‘iston (5,7 foiz), Turkiya (3,5 foiz) va Koreya Respublikasi (2,3 foiz) xissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: stat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring