Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oyda davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetdi – Jamshid Qo‘chqorov

6 oyda davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetdi – Jamshid Qo‘chqorov

Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Hukumatning «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini joriy yil 1-yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.

Vazirning ma’lum qilishicha, 2025 yilning birinchi yarim yilligida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,2 foizga oshgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibida bozor xizmatlari 8,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish 6,6 foizga, qurilish ishlari 10,7 foizga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 4 foizga oshdi.

Hisobot davrida davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetib, 27,8 foizga ko‘paygan. Davlat budjetining xarajatlari hisobot davrida 173,3 trln so‘mni tashkil etib, 16,4 foizga o‘sgan. Shundan, ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan mablag‘ 86,2 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 16,4 foizga ko‘p. Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 14,7 trln so‘m subsidiyalar ajratilgan.

«Davlat dasturining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish borasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, maktabga tayyorlov tizimida qamrov 96 foizga yetkazildi», – dedi Qo‘chqorov.

Hisobot davrida «Yoshlar daftari» orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 121,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

4 377 nafar yoshlar ilm-fan, zamonaviy kasblarga o‘qitilgan, 934 nafarining bandligi ta’minlangan. Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ishsizlikni kamaytirish maqsadida «Yoshlar bandlik dasturlari» tasdiqlangan.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida 156 290 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-xunarga o‘qitilgan, 1 771 nafarining uy-joyini yaxshilash choralari ko‘rilgan, 99 nafari uy-joy bilan ta’minlangan. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring