Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agentlik eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Agentlik eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Hukumat qarori (756-son, 11.09.2019-y.) bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchi tashkilotlarga Agentlik tomonidan quyidagi miqdorlarda moliyaviy yordam taqdim etiladi:

  • respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish – 100 foiz, lekin 20 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • taqdimot va reklama kompaniyalarini o‘tkazish - 100 foiz, lekin bir korxona uchun yilning bir choragida 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish – 50 foiz miqdorda;
  • xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish - 100 foiz, lekin 10 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq;
  • kelgusidagi ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish – 100 foiz miqdorda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring