Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi bilan kelishib mahallalarga quyosh stansiyalari o‘rnatiladi

Aholi bilan kelishib mahallalarga quyosh stansiyalari o‘rnatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan bugungi marosimda aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilishi ta’kidlandi.

Qayd etilishcha, yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatiladi.

Mazkur ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambag‘al oilaga «yashil» energiya kirib boradi. Ular o‘z ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi.

Tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurishdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va ular qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxshilanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring