Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ: rahbar va yoshlar muloqoti yangi loyihalar uchun imkoniyat

«O‘zmilliybank» AJ: rahbar va yoshlar muloqoti yangi loyihalar uchun imkoniyat

Har qanday sohada o‘zgarishlar uchun yangi g‘oya va tashabbuslar kerak. Bu esa o‘z navbatida, shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Aynan bank tizimida yangicha yondashuv va xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakllari eng muhimi sanaladi. Bu esa bugun sog‘lom raqobatda bankning imidji va mavqeini mustahkamlashning asosiy omilidir.

«O‘zmilliybank» AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov va yosh xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham aynan ana shunday interaktiv takliflar va kreativ g‘oyalarga boy o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida rahbar va yoshlar samimiy muloqot qildilar hamda bankning rivojlanish strategiyasi, sifatli bank xizmatlari ko‘rsatishda yangicha yondashuvlar, raqamlashtirishning qulay jihatlari xususidagi tashabbuslarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda xorij banklarida malaka oshirgan yosh kadrlar bank xizmatlari ko‘rsatishda tatbiq etish mumkin bo‘lgan yangi g‘oya va tashabbuslari to‘g‘risida loyihalarini ma’lum qildilar. Shuningdek, iqtidorli yoshlarning chet el banklarida amaliyot o‘tash borasidagi takliflari va bank hamda moliya yo‘nalishida chet el universitetlarida o‘qish istagida bo‘lgan mutaxassislarning fikrlari tinglandi. Asosiysi,  uchrashuv davomida bank tizimi uchun muhim bo‘lgan loyihalar to‘g‘risida to‘xtalgan yoshlar qo‘llab-quvatlandi.

Ta’kidlash joiz, mazkur muloqotdan maqsad iqtidorli yosh xodimlarni samarali natijalarga erishish, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, Bankning korporativ madaniyatini targ‘ib qilish va kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat. Shu bois ham davra suhbatida yosh xodimlarning nafaqat bankka oid bilimlari, shuningdek, xorij tillarini bilish darajasiga ham ahamiyat qaratildi. Bu, shubhasiz, bankning kelgusidagi xorijiy banklar bilan hamkorlik aloqalari doirasini kengaytirishga va bank xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro amaliyotlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga Boshqaruv raisi tomonidan kitoblar to‘plami va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring