Akfa energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan

O‘zbekiston iqlimi turar-joy va tijorat binolariga alohida talab qo‘yadi. Harorat +45°S gacha ko‘tariladigan issiq va quruq yoz hamda havo keskin o‘zgaradigan sovuq qish — bu shunchaki ob-havo sharoiti emas, balki binolardagi energiya sarfi, mikroiqlim va umumiy holatga bevosita ta’sir qiluvchi muhim omildir.
AKFA’ning PVX romlari aynan shu iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va energiya sarflanadigan muhitning funksional qismiga aylanadi.
Ko‘p kamerali profil, ishonchli zichlash tizimlari va past emissiyali qoplamali shishapaketlar yoz kunlari salqin havoni va qishda issiq havoni samarali saqlab beradi. Romlar germetiklikni ishonchli ta’minlaydi, demak issiqlik yo‘qotilishi kamayadi, ko‘chadan issiq havo kirishi cheklanadi va xona ichida barqaror harorat saqlanadi. Bularning barchasi iqlim tizimlariga og‘irlikni sezilarli darajada kamaytiradi – konditsioner va isitkichlar kamroq va tejamli rejimda ishlaydi.
AKFA romlarining yuqori energiya samaradorligi tufayli qo‘shimcha isitish yoki sovitishga ehtiyoj ancha kamayadi – bu esa oylik kommunal to‘lovlar miqdoriga bevosita ta’sir qiladi. Eng muhimi, bunday romlar nafaqat mablag‘ tejashga, balki xonada doimiy qulaylikni his qilishga yordam beradi – yelvizaklar, yozda qaynoq havo yoki qishdagi keskin harorat o‘zgarishlari sizni boshqa bezovta qilmaydi.
AKFA’ning energiya tejamchi PVX romlari – uy jihozlashda barqaror, texnologik va oqilona yondashuv sari qadam. Bu shunchaki zamonaviy shisha romlar emas – balki O‘zbekiston iqlimiga moslashgan, xona ichidagi haroratni barqaror ushlab turadigan, muhandislik tizimlariga tushadigan og‘irlikni kamaytiradigan va hayot sifatini oshiradigan to‘liq yechimdir. AKFA’ning PVX romlari estetika, funksionallik va samaradorlikni o‘zida mujassam etgan. Uyingizda har bir kun qulaylik, barqaror himoya va ertangi kunga ishonchdan boshlanadi.
Telefon: (+998) 71−203−00−00
Sayt: akfagroup.com
Instagram: @akfa_home
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter