APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

APEX BANK 2025 yilning 20 may sanasida Toshkent shahar, Sodiq Azimov ko‘chasi, 77 manzilida Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi. Yangi majmua ham infratuzilma, ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati jihatidan bank rivojlanishidagi keng ko‘lamli bosqich ramziga aylandi.
APEX Tower biznes markazi binosining umumiy maydoni 11 ming kv.m dan oshadi. Yangi ofis klasteri ma’muriy boshqaruv va mijozlarga xizmat ko‘rsatish zonalarini o‘zida birlashtirgan bo‘lib, bu yerda barcha asosiy bank xizmatlari — hisob-kitob va kassa operatsiyalaridan tortib, shaxsiy maslahatlar hamda premium darajadagi xizmatlargacha ko‘rsatiladi.
Funksionallik, texnologiya va mijoz uchun ochiqlik
APEX BANK’ning markaziy savdo ofisi «to‘siqlarsiz bank» tamoyili asosida – intuitiv yo‘naltiruv, raqamli xizmatlar, hududiy xizmat ko‘rsatish va har bir mijozga e’tibor nazari bilan qurilgan. Ofis jismoniy shaxslar va tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan.
«Biz nafaqat geografik joylashuvimizni kengaytirmoqdamiz, balki mijozlar, hamkorlar va xodimlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratmoqdamiz. Yangi ofis APEX BANK falsafasining in’ikosidir, ya’ni – sifat va ishonchni qadrlaydigan har bir kishi uchun ochiq, texnologik va ishonchli bank bo‘lishdan iborat», - deya izoh berdi APEX BANK boshqaruvi raisi Sergey Gimadiyev.
Yangi boshqaruv tuzilmasi: rivojlanish kursi
Ofisning ochilishi bank boshqaruv tuzilmasidagi o‘zgarishlarga ham to‘g‘ri keldi. APEX BANK’ning yangi rahbari etib avval rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sergey Gimadiyev tayinlandi.
Bungacha bankni boshqarib kelgan Bahrom Xamidullayevich No‘’monov APEX BANK Kuzatuv kengashi tarkibida faoliyatini davom ettiradi.
«Ushbu bosqich jamoa tomonidan yaratilgan izchil strategiyaning natijasidir. Men kuzatuv kengashi tarkibida bankni rivojlantirishdagi ishtirokimni davom ettirishdan mamnunman va APEX BANK bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlashiga ishonchim komil», - dedi Bahrom No‘’monov.
Yangi mahsulotlar va takliflar
Bank ofislar ochilishi munosabati bilan yangi mijozlar uchun maxsus shartlarni tayyorlamoqda:
• Biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun sovg‘a sifatida hisob-raqam ochishda 3 oylik bepul bank xizmatlari + 3 oylik buxgalteriya hisobini qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi;
• biznes uchun kredit mahsulotlari;
• jismoniy shaxslar uchun yangilangan depozitlar va premium kartalar.
APEX BANK raqamli transformatsiya, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga sarmoya kiritishda davom etadi. Yangi ofis mijozlarga saviyali xizmat ko‘rsatish va ishonchli banklardan biriga aylanishdek ulug‘vor maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter