Aprelda 40 mlrd. so‘mga yaqin keshbek to‘landi
Aprel oyida 427 ming nafar iste’molchi tomonidan 8 mln.taga yaqin chek Soliq mobile mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7,5 mln.taga yaqin cheklarga 61,4 mlrd. so‘m keshbek hisoblangan.
27 may holatiga 340 mingdan ortiq iste’molchilarga 38,6 mlrd. so‘m keshbek to‘lab berilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.
Qolgan keshbek summalari tadbirkorlik subektlari tomonidan:
- soliq hisobotlari topshirilishi;
- hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
- soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib, avtomatik tarzda to‘lab boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter