Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arzon un qimmatga sotib yuborildi

Arzon un qimmatga sotib yuborildi

Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida davlat resursidan ajratilgan un mahsulotini qimmat narxlarda sotib yuborish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil qilib, amalda o‘zi norasmiy rahbarlikni amalga oshirib, imzolarini soxtalashtirish orqali «Bag‘dod donmahsulotlari» AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 mln so‘mlik 151,4 tonna un mahsulotini joriy yilning fevral-aprel oylari uchun dislokatsiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring