Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil egalarining «majburiy sug‘urta»si narxlari oshiriladi

Avtomobil egalarining «majburiy sug‘urta»si narxlari oshiriladi

2026-yil yanvar oyidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish uchun yangi tariflar kuchga kiradi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, haydovchilar soni cheklangan polis narxlari:

Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun —

  • yengil avtomobil uchun - 192 000 so‘m;
  • yuk avtomobil uchun 336 000 so‘m.

Qolgan viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun —

  • yengil avtomobil uchun - 160 000 so‘m;
  • yuk avtomobil uchun 280 000 so‘m.

Chet davlatlardan kirib kelayotgan transport vositalari uchun —

  • yengil avtomobil uchun - 320 000 so‘m;
  • yuk avtomobil uchun 560 000 so‘m.

Cheklovsiz polis sotib olish uchun esa mazkur narxlar ikki barobar oshirilib to‘lanishi lozim.

Shuningdek, qaror bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasini 80 mln so‘mgacha (amalda 40 mln so‘m) oshirilishi belgilandi. Hujjatda, bu o‘z navbatida, YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ning bugungi kun talabiga mos ravishda bo‘lishiga xizmat qilishi aytiladi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring