Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalar daromadi sezilarli miqdorda oshdi

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalar daromadi sezilarli miqdorda oshdi

Foto: Xabar.uz

2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot bermoqda. 

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so‘mga oshgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring