Ayrim tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-140-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:
- yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi;
- yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter