Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo‘llanilmoqda

«Biznesni rivojlantirish banki» moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo‘llanilmoqda

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB Sberbank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va yangi mahsulotlarining turlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Xususan, bank tomonidan kichik biznesni moliyalashtirish va ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha Rossiya Sberbanki tajribasi o‘rganildi hamda hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Hamkorlik doirasida Sberbankning «dasreda.ru» platformasi misolida tadbirkorlar uchun platforma ishlab chiqilmoqda.

Platforma tadbirkorlarga masofadan davlat ro‘yxatidan o‘tish, hisob raqam ochish, Internet do‘kon orqali biznesni raqamlashtirish uchun dasturlarni sotib olish, onlayn o‘quv kurslari, mahsulot va xizmatlar sotishda hamkorlarni aniqlash, yosh tadbikorlar va innovatsion g‘oyalar uchun investorlarni topish kabi imkoniyatlarni beradi.

Bankda professional va kreativ fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Sber universitet bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilgan.

«Biznesni rivojlantirish banki»ni transformatsiya qilish dasturini amalga oshirishda Sberbankning «SberGile» jamoasi bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun bankni Agile-transformatsiya qilish kompleks rejasi ishlab chiqildi.

Agile-transformatsiya doirasida bankda samarali va moslashuvchan agile jamoalarini tashkil etish, korporativ madaniyatni hamda mahsulot va xizmatlarini yaratishda yondashuvni o‘zgartirish ishlari olib borilmoqda.

Transformatsiya doirasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mijozlar uchun eng maqbul mahsulotlarni yaratish ishlarining tezkorligini va samaradorligini ta’minlaydi.

Sberbankning o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mo‘ljallangan platformasi misolida «Mening biznesim» elektron platformasi joriy etildi.

Ushbu platforma aholiga o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida masofadan ro‘yxatdan o‘tish, kasb-hunarga o‘qish, biznesini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, mahsulotini sotish va xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmachilarni topish ishlarini osonlashtiradi.

Sberbankning Sber TECH kompaniyasi misolida bankning «BRB-TECH» IT-kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniyaning asosiy faoliyati «Biznesni rivojlantirish banki» IT-texnologiyalarini hamda IT-ekotizimini yaratishga qaratilgan.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring