Bug‘doy va paxta yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi: tafsilotlar
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
«Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–82-son, 08.05.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
-paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni:
-shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti;
- hosil yilining yakuniga (31-dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti;
-bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkti;
-paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter