Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13-aprel kuni oltin quymalari va esdalik tangalari narxlari yangi tarixiy maksimumga ko‘tarildi.

Hozir bir gramm oltinning narxi 998 280 so‘mni tashkil etmoqda, bu davomli bayram dam olish kunlaridan oldingiga nisbatan 1,7 foiz yuqori. 5 grammli oltin quymasi 4 991 000 so‘mga sotilmoqda.

Oldingi rekord dushanba kuni o‘rnatilib, 5 grammlik oltin quymasi narxi birinchi marta 4,9 mln so‘mdan oshgandi. Shu yil boshidan buyon O‘zbekistonda oltin narxi 17,7 foiz qimmatlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring