«China International Import Expo»: Kelajakka qadam (foto+video)
Xitoyda ikkinchi Xalqaro import-eksport ko‘rgazmasi (CIIE) o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu ko‘rgazma va uning doirasidagi konferensiya Xitoyning 1978 yildan boshlangan ochiqlik siyosatiga sodiqligidan dalolatdir, deb yozmoqda xalqaro nashrlar.
Xitoy ushbu ko‘rgazma orqali dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga o‘z mahsulotlari, qolaversa, madaniyatini namoyish qilishi uchun o‘z bozorini ochmoqda. Shu orqali ushbu ulkan bozorga eksport qilish imkoniyatini yaratib, dunyoda iqtisodiy rivojlanishning yo‘lboshchisi bo‘lishga harakat qilmoqda.
CIIE ham, «Bir makon, bir yo‘l» forumi ham Xitoyning savdoni erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuvni qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini namoyish etadi. Bu dunyo mamlakatlariga iqtisodiy va savdo almashinuvi hamda hamkorlikni kuchaytirishga, dunyo iqtisodiyotini yanada ochiq qilish uchun global savdo va jahon iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
CIIEga Xitoyning dunyo bilan aloqa almashishi uchun ko‘plab vositalarni birlashtiradigan yirik ko‘rgazma sifatida qaraladi. Ushbu yirik tadbirning asosiy hamkori sifatida O‘zbekiston ham xalqaro nashrlarda alohida etirof etildi. Milliy stendimiz ko‘rgazma markazidan o‘rin oldi. Hamkorlarimiz ko‘paydi, shartnomalar imzolandi.
Nafosatxon Tojiboyeva,
«Xabar.uz» uchun Shanxaydan maxsus
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter