Chiqindidan yonilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida chiqindi mahsulotlaridan qattiq yonilg‘i (pellet) ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi.
Mazkur qattiq yonilg‘i mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha ob’yektlarini isitishda foydalaniladi.
Pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajo‘xori poyasi, deyarli barcha o‘simliklarning ildizlari va barglari, yog‘ochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter