Deputatlar «Davlat budjeti to‘g‘risida»gi loyihani qabul qildilar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Majlisda bosh moliyaviy hujjat loyihasi muhokama qilinib, parlament vakillarining bergan savollariga Moliya vaziri Timur Ishmetov, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ullari atroflicha javob qaytardi.
Qizg‘in davom etgan muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter