Dollar pastladi, rubl «quladi»

Markaziy bank 9 martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi -13,16 so‘mga tushib, 10 897,27 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham pasaydi (-186,67) va 11 831,17 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli «qulash»da davom etyapti (-19,21 so‘m) va 79,89 so‘m bo‘ldi.
Biroz avval tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 10 850 - 10 900 so‘m, sotib olish kursi 10 940 - 10 965 so‘mga yetgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter