Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga O‘zbekistondan vakil tayinlandi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga O‘zbekistondan vakil tayinlandi

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi vakili etib Shuhrat Shukurov tayinlandi.

Shu kunga qadar u Makroiqtisodiy izlanishlar va prognoz instituti direktori o‘rinbosasi lavozimida ishlab kelgan.

Qayd etilishicha, bugun, 26-fevral kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadovning YeIK kollegiya  raisi Mixail Myasnikovich, integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev va savdo vaziri Andrey Slepnevlar bilan uchrashuvi kutilmoqda. Uchrashuv davomida O‘zbekiston hukumatining Shuhrat Shukurovni vakil etib tayinlash haqidagi xati ko‘rib chiqiladi. 

Shuhrat Shukurov Moskva iqtisodiy-statistika institutini va O‘zbekiston davlat va jamiyat qurilishi akademiyasidagi Oliy biznes maktabini tugatgan. O‘zbekiston iqtisodiy majmuasida 30 yillik mehnat tajribasiga ega. 

YeOII iqtisodiy komissiyasida Shukurov O‘zbekistonning YeOIIdagi ishtirokini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring