Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarila boshlaydi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida Xitoyning «Xiang Yang Tenglong Automobile» hamda «GIG Investments» kompaniyalari bilan hamkorlikda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasiga start berildi.
Ta’kidlanishicha, loyiha Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirishga va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorga, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilinadi.
Loyiha Yozyovon tumanidagi «Ijodkor» mahallasi hududida joylashgan maxsus sanoat zonasining 10 gektar maydonida amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 170 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 700 ta elektrobus ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Korxonani 2027 yil dekabr oyida ishga tushirish belgilangan.
Yakunda korxonaga tamal toshi qo‘yilib, qurilish ishlariga start berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter