Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Forish tumanida quyosh elektr stansiyasi quriladi

Forish tumanida quyosh elektr stansiyasi quriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jizzax viloyatida bo‘lib turibdi. Prezident ishtirokida o‘tkazilayotgan sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalaridagi yig‘ilishda viloyatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar borasida ma’lumot berildi.

— Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 Megavattli quyosh stansiyalari qurish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi. Bu orqali, 2023-yilda 30 Megavatt quvvatlar yaratiladi va 28 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.

— Zafarobodda 2023-yilda jami 2 Megavattli 2 ta kichik GES quriladi va bu yil 2,4 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi.

— Viloyatda 10 ming kilometr irrigatsiya tarmoqlari va kanallar bor. Ularning salohiyatidan foydalanib, ikki oy muddatda viloyatda yana 3 Megavatt quvvatli mikro GESlar qurish uchun uchastkalar aniqlanadi.

— Osiyo taraqqiyot banki bilan birga, Forishda 150 Megavattli yirik quyosh stansiyasi loyihasi boshlanadi. Ushbu stansiya to‘liq quvvatga chiqqanda, 370 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi.

— Jizzax shahrida 2023-yilda bir vaqtning o‘zida ham issiqlik, ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi «Ko-generatsiya» markazi quriladi. Uning umumiy quvvati 14 Megavatt bo‘lib, to‘liq ko‘mirda ishlaydi. Bu orqali, 60 ta ko‘p qavatli uylar issiqlik bilan ta’minlanadi, 35 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi (36 million kub metr gaz tejaladi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring