Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya aviakompaniyasi O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlashga ko‘maklashadi

Fransiya aviakompaniyasi O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlashga ko‘maklashadi

Joriy yil 28-iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va «Airbus» kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekiston havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda «Airbus» kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring