Gavayi orollarida 36 kishi yong‘inlarda halok bo‘ldi

Gavayi orollarda o‘rmon yong‘inlari oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar berdi.
Rasmiylar 36 kishining o‘lganini tasdiqladi. Yana o‘nlab odamlar jarohatlangan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir. Aniqroq ma’lumotlar hozircha berilmayapti.
Bundan tashqari, yong‘in oqibatida Laxaina tarixiy shahri butunlay vayron bo‘lgan.
Avvalroq, tabiiy ofat tufayli yuzlab mahalliy aholi evakuatsiya qilingandi. Maui orolining yong‘in chiqqan ba’zi qismlarida ko‘plab yo‘llar yopilgan. Hokimiyatning bunday choralari yong‘inning uylarga juda yaqin kelgani bilan bog‘liq.
Ba’zilar orollardagi aloqa muammolari tufayli favqulodda xizmatlarga murojaat qila olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter