Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi holat o‘rganildi

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi holat o‘rganildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan neft-gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev joriy yilning 19-20 may kunlari Buxoro viloyatidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Dastlab, «Gazli neft va gaz qazib chiqarish» boshqarmasi tasarrufidagi «To‘maris» konidagi qurilish maydoni va u yerdagi konda olib borilayotgan «Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi»ning qurilish ishlari qay darajada bajarilayotgani o‘rganildi.

Uglevodorodlar qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, tabiiy gaz qazib chiqarish va yetkazib berish tizimidagi muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli topshiriq berildi.

«To‘maris» konidagi quduqlardan qazib olinayotgan tabiy gaz tarkibidan mexanik birikmalar, kondensat va texnik suyuqlikni ajratib olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Boshqaruv raisi qurilish ishlarini joriy yilning 25 may kuniga qadar to‘liq tugallash va qurilmani ishga tushirish kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, bu yerda ishlayotgan ishchi-xodimlarning sog‘ligi, yashashi, ishlashi uchun yaratilgan sharoit, neft va gaz qazib olish hajmini oshirish uchun bajarilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Eslatib o‘tamiz, Boshqaruv raisi va ishchi guruh a’zolari 21-22 may kunlari «Andijonneft» AJdagi ishlar holatini o‘rganadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring