Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gazprom» bilan Rossiya gazi bo‘yicha kelishib olindi

«Gazprom» bilan Rossiya gazi bo‘yicha kelishib olindi

«Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va «Gazprom» AJ Boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, joriy yilning oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekiston iste’molchilarini energiya bilan barqaror ta’minlashda «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish alohida o‘rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Jo‘rabek Mirzamahmudov va Aleksey Miller energetika kompleksidagi hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring