«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi tomonidan Sho‘rtan konidagi geologik izlov-qidiruv, gaz quduqlarini burg‘ilash, kapital ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini joyida o‘rganish maqsadida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.
Boshqaruv raisi belgilangan rejani bajarilishi hamda yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun barcha qurilmalarni barqaror ishlashi, qurilmalarini modernizatsiya qilish loyihalarini holati bilan tanishdi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlarining holati muhokama qilinib, «Sho‘rtan» konining eng quyi qatlamlarini o‘zlashtirish maqsadida yangi «Terrigen-1» yura qudug‘ini burg‘ilashga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
Ta’kidlash kerakki, 2021 yilda «Sho‘rtan» koni hududida «3D» seysmik-qidiruv ishlari olib borildi va konning imkoniyatlari sinchkovlik bilan o‘rganildi. Natijada, 300 dan ortiq quduqlarning ma’lumotlari tahlil qilinib, kompleks raqamli modellashtirish asosida yangi «Terrigen-1» qudug‘ini burg‘ilash uchun asos yaratildi.
«Sho‘rtan» koni hududi tarixda ilk bor 4750 metr quyi terrigen qatlamigacha tushiladi va shu chuqurlikka qadar burg‘ilash ishlari amalga oshiriladi. Boshqaruv raisi bu o‘ta muhim vazifa ekanligini barcha anglashi kerakligi hamda buning uchun zarur choralar ko‘rilishini bildirdi.
Uglevodorodlarning yangi zaxiralarini o‘stirish hamda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan «GTL» zavodini xomashyo bazasini bilan ta’minlanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Boshqaruv raisi tomonidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi va 2022 yilda ham burg‘ilash ishlarini davom ettirish, quduqlarni ishga tushirish bo‘yicha tegishli departament boshliqlari, pudratchi tashkilot vakillariga vazifalar belgilab berildi.
Ishning sifatli tashkil etilishi hamda chora-tadbirlarning belgilangan muddatda bajarilishiuchun «Ishchi guruh» a’zolari, departament boshliqlari, boshqarma direktori, o‘rinbosarlari va mutaxassislariga alohida vazifalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi yil yakuni bilan 9,0 mlrd kub metr, shundan dekabr oyida - 775,9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish belgilangan.
«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter