Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘isht va sement zavodlari hamda issiqxonalar gaz tarmog‘idan uzilishi mumkin

G‘isht va sement zavodlari hamda issiqxonalar gaz tarmog‘idan uzilishi mumkin

Foto: «Uza.uz»

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishni kengaytirish qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada milliy iqtisodiyot energiya sig‘imi yuqorililigicha qolayotgani, sarflanayotgan yoqilg‘i-energetika resurslarini va qayta tiklanuvchi manbalarni sanoat ishlab chiqarishga jalb etish diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermasligi va birlamchi yoqilg‘i turlaridan foydalanishda tabiiy gazning ulushi yuqoriligicha qolayotgani aytiladi.

Qayd etilishicha, joylarda g‘isht va sement ishlab chiqarish zavodlari, ohak ishlab chiqarish korxonalari hamda issiqxona xo‘jaliklarini muqobil yoqilg‘i turlariga moslashtirish ishlari yetarlik darajada tashkil etilmagan. Tahlil qilinishicha, muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishida qoloqliklar kuzatilmoqda, jumladan, g‘isht ishlab chiqaruvchi zavodlarning 33 foizi, ohak ishlab chiqarish korxonalarining 0,5 foizi ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan xolos.

Shulardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot tarmoqlarida tabiiy gazni qozon va o‘choq yoqilg‘i turi sifatida foydalanish ulushini qisqartirish;  qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va issiqxona xo‘jaliklarining qozon uskunalarini tabiiy gazdan boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan (ko‘mir, ko‘mir va yog‘och briketlari va palletlar, biogaz va boshqalar) foydalanishga o‘tkazish va boshqa chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror loyihasini tayyorlagan.

«O‘zneftgazinspeksiya», «O‘zenergoinspeksiya», «O‘ztransgaz» AJga 2020-yil 1-yanvardan boshlab obe’ktlarni muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini bajarmagan tashkilotlarga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatish vazifasi yuklanadi.

Qarorning 2-ilovasida muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar ob’yektlarini ro‘yxati keltirilgan. Bular:

  1. Pishgan g‘isht ishlab chiqarish zavodlari.
  2. Ohak tayyorlash qurilmalari.
  3. Sement ishlab chiqarish zavodlari.
  4. Issiqxona xo‘jaliklari.

Hujjat loyihasi muhokamasi shu yilning 13-apreligacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring