Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisob palatasida yangi tuzilmalar tashkil etiladi

Hisob palatasida yangi tuzilmalar tashkil etiladi

Hisob palatasida xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish sho‘’basi tashkil etiladi.

Prezident farmonga muvofiq, Hisob palatasida quyidagilar tashkil etiladi:

- Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish sho‘’basi;

- Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish sho‘’basi;

- Tadqiqot, ekspert-tahlil va o‘quv markazi (Tadqiqot markazi).

G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklandi:

- davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonun buzilishi holatlari mavjudligi to‘g‘risida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazorati organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabarnoma yuborish;

- moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini 3 ish kunida xabardor qilish;

- ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasigacha Hisob palatasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tegishli ma’lumot taqdim etib borish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring