Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichimlik suvi narxlari ham oshishi mumkin

Ichimlik suvi narxlari ham oshishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Ichimlik va oqova suv narxlari oshishi kutilyapti. Faqat bu elektr energiyasi narxlarining ko‘tarilishiga bog‘liq.

Xabaringiz bor, avvalroq elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshirilishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Moliya vazirligi ham buni inkor etmagandi.

Ichimlik va oqova suv xizmatlarini aholiga yetkazib berish uchun suv inshootlarida elektr energiyasi uzluksiz ishlashi kerak. Suv ta’minoti korxonalari o‘z hisobidan tok uchun ham pul to‘laydilar.

Shundan xulosa qilish mumkinki, agar elektr energiyasi narxlari oshiriladigan bo‘lsa, uning ortidan ichimlik va oqova suv xizmatlari miqdori ham ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, ichimlik suvi narxlari oxirgi marta 2021 yil boshida oshirilgan, bunda har bir hududga aloohida tariflar belgilangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring