Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2021-yilda o‘zlashtiriladigan investitsiya miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2021-yilda o‘zlashtiriladigan investitsiya miqdori ma’lum qilindi

Joriy yilda 23 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma ob’yektlari ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Xabar.uz muxbirining xabar berishicha, investitsiyalar doirasida farmatsevtika – 13 ta, elektrotexnika – 12 ta, to‘qimachilik va charm – 10 tadan, ipak va qorako‘l sanoatida – 8 ta yirik loyiha ishga tushiriladi.

Yil yakuniga qadar 17 milliard dollar eksportni ta’minlash hamda 5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ridan xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida selektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda davlat rahbari ichki ishlar sohasida qilinadigan o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda «Malika», «Poytaxt» biznes majmuasi, «Beldirsoy» va «Chorvoq» dam olish maskanlari investorlarga sotilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring