Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi

Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori (PQ-4716-son, 18.05.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
  • sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
  • urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring