Jamg‘ariladigan pensiyani pensiyaga chiqquncha olish mumkinmi?
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelmasdan oldin to‘lab berilmaydi.
Xalq banki axborot xizmatining Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrdagi «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 702-II-sonli qonunining 16-moddasiga ko‘ra, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya to‘lovlari oluvchi sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega deb, belgilab berilgan.
Mazkur Qonunning 17-moddasiga ko‘ra, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanishi hamda fuqaro vafot etgan taqdirda, bu mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter