Janubiy Koreya O‘zbekistonda bioyoqilg‘i ishlab chiqaradi — Business Korea
Janubiy Koreyaning Korea Western Power (KOWEPO) kompaniyasi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar berdi Business Korea
Unga ko‘ra, KOWEPO viloyatga ko‘mirni qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan, xususan, g‘o‘zapoyadan olinadigan bioyoqilg‘iga almashtirishda yordam beradi. KOWEPO loyihasi kelgusi o‘n yil ichida issiqxona gazlari chiqindilarini taxminan 120 000 tonnaga qisqartirishi va bioyoqilg‘idan taxminan 2 million dollar daromad keltirishi kutilmoqda.
Bu loyihada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, paxta yetishtirish muhim o‘rin tutadi. G‘o‘zapoya bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda qimmatli manba sanaladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter