Jismoniy shaxslarga naqd valyuta sotish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Loyihada keltirilishicha, bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya tasdiqlanadi hamda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Strategiya va loyihada:
- davlat mablag‘lari hisobidan imtiyozli bank kreditlari ajratish amaliyotini tubdan takomillashtirish;
- kredit foizini qisman kompensatsiya qilish imtiyozini iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga berish amaliyotini joriy etish;
- bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi uchun qulay muhit yaratish, banklardagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish;
- xarajati nisbatan kam bo‘lgan elektron raqamli texnologiyalarga asoslangan moliyaviy xizmatlarni joriy qilishni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish;
- inson aralashuvisiz kreditlash, hujjatlarni, shu jumladan barcha turdagi arizalarni elektron shaklda taqdim qilish mexanizmini joriy qilish;
- chakana qarz oluvchilarning kreditga layoqatlilik darajasini baholash hamda ularga kredit ajratish muddatini qisqartirish uchun avtomatlashtirilgan “skoring” modelini yaratish va raqamli texnologiyalar asosida kreditlashga o‘tish;
- respublika hududlarida bankomatlar va infokiosklar sonini kamida 10 mingtaga oshirish;
- tijorat banklarida mijozlarning kredit so‘rovnomasini o‘rganish jarayonini yanada soddalashtirish, shu jumladan «Kredit tarixi»dan foydalanish mexanizmini keng joriy qilish hamda kredit tarixi institutini xususiy sektor vakillari tomonidan tashkil qilinishi nazarda tutish;
- raqamli texnologiyalarga asoslangan «virtual bank» va moliyaviy xizmat turlarini yanada kengaytirish;
- zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini yangi moliyaviy instrumentlar joriy etish, xususan obligatsiyalar chiqarish orqali yanada kengaytirish;
- mahalliy va halqaro bank plastik kartochkalari bo‘yicha hisob-kitoblarda banklar orasida axborot va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Milliy banklararo protsessing markazini ishga tushirish;
- bank tizimiga yuqorim malakali, chet el banklarida faoliyat yuritgan yosh kadrlarni jalb qilish;
- milliy to‘lov tizimini halqaro to‘lov tizimlari (Visa, Master Card va boshqalar) bilan integratsiyalash;
- chet el valyutasi bilan bog‘liq amaliyotdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etish kabi choralarni ko‘rish ko‘zda tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019-yilning 18-yanvariga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter