Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo‘rabek Mirzamahmudovning lavozimlariga aniqlik kiritildi

Jo‘rabek Mirzamahmudovning lavozimlariga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri etib tayinlangan Jo‘rabek Mirzamahmudov hozirda «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi va «O‘zatom» agentligi bosh direktori lavozimlarida faoliyat yuritmaydi. Bu haqda Energetika vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Aytilishicha, Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — energetika vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi va «O‘zatom» agentligi bosh direktori lavozimlaridan ozod etilgan.

Shu bilan birga, J.Mirzamahmudov «O‘zkimyosanoat» AJga — Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zatom» agentligiga — tizim korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha rasmiy vazifalari uchun rahbarlik qiladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, J.Mirzamahmudov yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyatidan iste’foga chiqarilganligi to‘g‘risida jamiyat aksiyadorlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan, «O‘zatom» agentligi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring