To‘qqiz oyda O‘zbekiston xorijdan qancha elektromobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida e’lon qilindi.
2020-yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter