Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kredit to‘lash bo‘yicha ayrim jarayonlar o‘zgarmoqda

Kredit to‘lash bo‘yicha ayrim jarayonlar o‘zgarmoqda

Foto: Xabar.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

- asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik va muddati o‘tgan foiz to‘lovlari mutanosib ravishda;

- joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlik;

- neustoyka (jarima, penya);

- kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari.

Shuningdek, kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring