«Malika», «Beldirsoy», «Poytaxt» va boshqa yirik ob’yektlar sotuvga qo‘yildi
Yirik davlat aktivlari bo‘yicha ommaviy savdolar jarayoni boshlangani e’lon qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sotish malakaviy saralash va talabgorlarning sotib olish qobiliyatini baholash orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi. Qayd etilishicha, birinchi bosqichda talabgorlar oldindan malakalanadi.
Xususan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Bundan tashqari, savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 30 aprel soat 18:00 ga qadar ko‘rsatilgan elektron manzilga taqdim etiladi. Birinchi bosqichda ariza shakli yuridik va jismoniy shaxslar uchun yuboriladi.
Savdoning ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun e’lonning 2-ilovasidagi ariza namunasi to‘ldirilib, (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi. Ikkinchi bosqichda ariza shakli yuridik va jismoniy shaxslar uchun yuboriladi.
Sotuvga qo‘yilgan ob’yektlar ro‘yxati:
- «Poytaxt biznes majmuasi» MChJ mulkiy majmuasi
- «Ichan qal’a» mehmonxona majmuasi
- «Beldirsoy oromgohi» dam olish maskani
- «Sijjak» dam olish maskani
- «Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ
- «Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi
- «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» binosi
- «Ma’muriy bino» (Sobiq Respublika birja markazi)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter