Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha ma’lumot berdi

Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto:«oxo.uz»

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining ma’lumot berishicha, 2019-yil 1-yanvarda mamlakat sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 26,39 mlrd. dollarni tashkil etgan. 2018-yilning dekabrida uning miqdori 1,1 mlrd. dollarga oshdi. 

Dekabr yakunlari bo‘yicha yalpi oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd. dollardan ziyodroqqa o‘sib, 27,8 mlrd. dollarga yetgan. Undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 12,44 mlrd. dollar (bir oy ichida +1,42 mlrd. dollar) bo‘lsa, monetar oltin — 14,64 mlrd. dollar (-326 mln. dollar)ni tashkil etmoqda.

2018-yil davomida sof oltin-valyuta zaxiralari 173 mln. dollarga, yalpi oltin-valyuta zaxiralari — 995 mln. dollarga kamaygan. Markaziy bank bunga oltin narxining pasayishini sabab qilib keltirgan. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri 160,7 mln. dollarni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring