Markaziy bank oltin tangalarning yangi qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019-yil 27 fevraldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra:
1 ta oltin tanga narxi – 13 900 000 so‘m;
1 ta kumush tanga narxi – 266 000 so‘mni tashkil etdi.
Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib o‘tamiz, oltin tangalar ilk bor 2018-yil noyabr oyidan sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, uning narxi dastlab, 12 700 000 so‘mni tashkil etgandi. Demak taqqoslaydigan bo‘lsak, oltin tangalar 1 200 000 so‘mga qimmatlagan. Oltin tangalar narxi esa 30 000 ming so‘mga oshdi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter