Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident farmoniga asosan 6-noyabr kuni Orif Bo‘tayev O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Orif Bo‘tayev bungacha Markaziy bankning Kredit axborotlarining davlat reyestrini yuritish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan Sherzod Xadjizadayev o‘rnini egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter